09:38 / 08.06.2022
17573

«Azovstal»dan 1000 dan ortiq harbiy asir Rossiyaga yetkazildi - OAV 

Mariupoldan 1000 dan ortiq harbiy asir, jumladan, «xorijiy yollanma askarlar» «tergov harakatlari o‘tkazish uchun» Rossiyaga olib kelindi, deb yozadi TASS o‘z manbasiga tayanib.

Foto: AP

Rossiya qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olingan Mariupoldagi «Azovstal» zavodidan mingdan ortiq ukrainalik harbiy asir «tergov harakatlari o‘tkazish uchun» Rossiyaga yetkazildi. Bu haqda 8 iyun, chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiya huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib, TASS davlat axborot agentligi ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, «huquq-tartibot idoralari «Azovstal» himoyachilari bilan yaqindan ishlamoqda». Xabar qilinishicha, Moskvada yuzdan ortiq harbiy asir bo‘lishi mumkin, ular orasida «Mariupolda taslim bo‘lgan xorijlik yollanma askarlar» ham bor. Bundan tashqari, yaqin vaqt ichida ukrainalik harbiy asirlarning yana bir qismi «yuzlashtirish jarayonlaridan so‘ng» Rossiyaga jo‘natilishi rejalashtirilgan», deya qo‘shimcha qildi manba. Hozircha bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

May oyida Rossiya qo‘shinlari Mariupoldagi «Azovstal» zavodini ikki oydan ortiq himoya qilgan ukrainalik harbiylarni asirga oldi. Shundan so‘ng ularni rossiyalik asirlarga almashtirish imkoniyatini muhokama qilish boshlandi. Shu bilan birga, Rossiya davlat dumasi Ukrainaning «Azov» ko‘ngillilar polki jangchilarini o‘lim jazosiga moratoriyni hisobga olmagan holda sud qilishni taklif etdi, Rossiya TIV esa suddan keyin ukrainalik harbiy asirlarni alishishni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qariyb 2500 nafar ukrainalik askar asirda bo‘lib turibdi. Avvalroq OAV xabar qilganidek, ular o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» hududiga olib ketilgan. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top