Polşa prezidenti Anjyey Duda Germaniya kansleri Olaf Şols va Fransiya rahbari Emmanuel Makron Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari davom etayotganiga qaramay, Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilayotganini tanqid qildi. Duda Bild naşriga intervyu berdi, u 8 iyun, çorşanba kuni YouTube’da e’lon qilingan.
«Putin bilan kansler Şols, prezident Emmanuel Makron olib borayotgan barça suhbatlardan hayratdaman. Bu muzokaralar heç narsaga olib kelmayapti», - dedi siyosatçi. Polşa rahbarining sözlariga köra, bu suhbatlar köproq «Rossiya armiyasining Ukrainada sodir etgan jinoyatlari uçun mas’ul bölgan şaxs uçun öziga xos qonuniylik» ta’siriga ega.
Rossiya kuçlarining Ukrainaga yuborilgani uçun faqat Putin javobgar, dedi Duda. Aynan Putinni qöşinlar qömondonlari qöllab-quvvatlamoqda, deya qöşimça qildi prezident.
Bundan avval Germaniya kansleri Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Rossiya va Fransiya prezidentlari bilan 28 may kuni bölib ötgan sönggi telefon muloqoti haqida xabardor qilgan edi. Şols va Zelenskiy «Ukrainadan ğalla eksportini, birinçi navbatda, dengiz orqali amalga oşirilişini ta’minlaş uçun hamma narsani qiliş kerak» degan fikrga qöşildi, deyiladi Germaniya yetakçisining kanselyariyasi xabarida. Ikki davlat yetakçilari Ukrainani qöllab-quvvatlaş imkoniyatlarini muhokama qilişda davom etadi va «yaqin aloqada böladi», deb xabar berdi Germaniya hukumati matbuot xizmati.
Avvalroq Polşa prezidenti Anjyey Duda Germaniya hukumatini tanqid qilgandi. Dudaning sözlariga köra, Germaniya Polşaga bergan va’dalarini bajarmadi – nemislar Varşava Ukrainaga öz zaxirasidan bergan tanklar örniga tanklar yetkazib berişi kerak edi.
«Ular bu va’dani bajarmadi va oçiği, biz bundan juda xafamiz», dedi Duda Germaniyaning Die Welt gazetasiga bergan intervyusida. Kelişuvga köra, Şarqiy Yevropa davlatlari özini Rossiya harbiy harakatlaridan himoya qilayotgan Ukrainaga sovet ittifoqida işlab çiqarilgan tanklarini jönatişi va ular evaziga Germaniyadan zamonaviy harbiy texnika olişi kerak bölgan.
Şundan söng, 24 may kuni Berlinda Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok va uning polşalik hamkasbi Zbignev Rau qurol-yaroğlarning keyingi topşirilişini muhokama qildi. Berbokning ta’kidlaşiça, oğir qurollarni «tugmaçani bosiş yoki barmoqni çertiş bilan yetkazib beriş mumkin emas». Uning sözlariga köra, hali mavjud texnikalarni tekşiriş va «nima mavjud, nimani ta’mirlaş yoki buyurtma beriş kerakligi»ni biliş kerak.












