Markaziy bank 2022 yilning dastlabki 5 oyida amalga oşirilgan transçegaraviy pul ötkazmalari haqida ma’lumot berdi.

Joriy yilning yanvar-may oylari davomida Özbekistonga çet eldan 4,19 mlrd dollarlik pul ötkazmalari yuborilgan. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 61 foizga köproq.

Şuningdek, yanvar-may oylarida tijorat banklari tomonidan jismoniy şaxslardan jami 4,32 mlrd dollar yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 59 foizga (1,6 mlrd dollar) köproq xorijiy valuta sotib olingan.

Öz navbatida tijorat banklari orqali jismoniy şaxslarga jami 2,84 mlrd dollar yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 70 foizga (1,17 mlrd dollar) köproq xorijiy valuta sotilgan.

Ma’lumot uçun, 2021 yilda xalqaro pul ötkazmalari orqali tuşumlar hajmi 8,1 milliard dollarni taşkil etgan, bu körsatkiç 2020 va 2019 yillar bilan soliştirilsa, 34 foizga köp.