07:39 / 11.06.2022
4198

Uzbekistan Airways Express Toshkentdan Krasnoyarskka parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

2022 yil 25 iyundan Uzbekistan Airways Express Toshkent – Krasnoyarsk – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha ilk qatnovini amalga oshiradi.

Foto: Uzbekistan Airways Express

Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, muntazam aviaqatnovlar haftada bir marta – shanba kunlari amalga oshiriladi.

Toshkentdan uchish: 17:30 (Toshkent vaqti bilan), Krasnoyarskka yetib borish: 23:00 (Krasnoyarsk vaqti bilan), Krasnoyarskdan uchish: yakshanba kuni 00:30 (Krasnoyarsk vaqti bilan), Toshkentga yetib borish: yakshanba kuni 02:15 (Toshkent vaqti bilan).

Toshkent – Krasnoyarsk yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 1 996 039 so‘mdan (bagajsiz) va 2 232 382 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent – Krasnoyarsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 3 695 230 so‘mdan (bagajsiz) va 4 144 282 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi. Narxlar 10 iyun holatiga ko‘ra amal qiladi.

Top