Oliy Majlis Qonunçilik palatasi 11 iyungi majlisida «Özbekiston Respublikasining referendumi töğrisida»gi qonunga özgartirişlar kiritişni nazarda tutuvçi qonunni uç öqişda qabul qildi.
Palata matbuot xizmati xabariga köra, özgartişlar – Saylov kodeksiga sönggi yillarda kiritilgan özgartişlar bilan boğliq.
“Referendum ötkazuvçi komissiyalar vakolatlarini aniqlaştiriş, komissiyalar qarorlari yuzasidan berilgan şikoyatlarni körib çiqiş, kuzatuvçilarning huquqlarini kengaytiriş va boşqa bir qator tuzatişlar kiritiş nazarda tutilgan”, deyiladi xabarda.
Qonunga kiritilayotgan özgartirişlar matni e’lon qilinmadi – köplab holatlarda fuqarolar yangi qonunlarning matnidan ular imzolanib bölganidan keyin xabar topmoqda.












