Yer sayyorasida turli tuzumlar bor. Ulardan birining nomi – yangi feodalizm. Yangi feodalizmda, masalan, yerlarning sanoqli egalari böladi. Qolganlar esa ularga işlaydi.

“Nima böpti!” deyişingiz mumkin. “Feodal insofli bölsa, hammasi yaxşi böladi, işçilariga ğamxörlik qiladi”. Aa... Insofi bölmasa-çi?! Yoki insofi avval bölib, keyin yöqolib qolsa-çi?!

Umuman, kimningdir taqdirini... kimningdir insofiga boğlab qöyiş töğrimi? Siz buni özingizga yoki farzandingizga tilagan bölarmidingiz?

Bundan taşqari, yangi feodalizm tuzumida özaro raqobat bölişi qiyin, törtta odam panada kelişib olib mahsulotiga xohlagan narxini yoki işçilarga beriladigan maoşni kamaytirib olişlari mumkin va... buni qilişadi ham. Bu tabiiy – har bir insonning içida köproq daromad qiliş istagi joylangan! Raqobat muhiti bu istakni tiyib turadi. Qolaversa, ular kelişib, özlariga kerak bölgan qonunlarni ham çiqarvolişlari mumkin!

Zararni kim köradi – jamiyat, xalq, mamlakat! Feodalizmda mamlakat rivojlanmaydi. Çunki uçta-törtta odam deyarli barça foydani çöntagiga uradi, pulini esa köpinça uzooq-uzoqlarda sarf qiladi, uzoq-uzoqlarda uylar oladi, boyligini saqlaydi. Ya’ni millat boyligi millatga xizmat qilmaydi.

Ammo bu hammasi emas.

Yangi feodalizmda köplab iqtidorlar zavolga uçraydi. Çunki iqtidorini, buyuk orzularini içida olib yurgan kişilar... feodalga xizmat qilişga majbur böladi, çunki barça yerlarni ular egallab olişgan-da.

Bilasizmi bu nima degani? Bu katta fojia degani, çunki xalqning içidagi iqtidorli kişilar bu – öşa xalqning eng qimmatli boyligi!

Ha, ha, qazilma boyliklar emas eng katta boylik, çunki ular bir kun tugaydi, qolaversa ularni sotişdan keladigan pullar töğri işlatilmasa foydagamas, balki zararga işlaydi.

Şuning uçun, janoblar, kelajagimiz uçun yönaliş olaylik, yangi feodalizm emas, imkoni boriça köproq işlab çiqaruvçilari bor, özaro raqobat qaynaydigan, iqtidorlarga imkon beriladigan tuzumni közlaylik, xuddi rivojlangan davlatlardagi kabi.

Şu zamin, axir, özimizniki, unda kelajak avlodlarimiz yaşaydi.

Şokir Şaripov,
Kun.uz kolumnisti