Viloyat politsiya departamenti xabariga köra, Turkiston viloyati politsiyaçilari tomonidan migratsiya qonunçiligi sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini oliş, noqonuniy migratsiya kanallariga çek qöyiş va ularning taşkilotçilarini aniqlaş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda. 

Qayd etilişiça, viloyat hududida joylaşgan çet elliklar va fuqaroligi bölmagan şaxslar tomonidan aholi migratsiyasi sohasidagi Qozoğiston qonunçiligiga rioya etilişini ta’minlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan muntazam ravişda reyd va profilaktika tadbirlari taşkil etilib, kompleks tekşiruvlar ötkazilmoqda.

Xususan, Ötror tumani politsiya bölimi xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktika tadbirlari davomida “Qoraqönğir” QFY hududidagi daşt kengliklarida dorivor kavrak ösimligini terayotgan 51 nafar çet el fuqarosi aniqlandi. 

Ma’lum qilinişiça, ulardan 31 nafari Özbekiston, 17 nafari Tojikiston fuqarolari bölgan. Politsiyaçilar xorijliklarni tuman bölimiga olib borgan. 

Ularga nisbatan Qozoğiston Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 517-moddasi 5-qismi («Çet ellik yoki fuqaroligi bölmagan şaxs tomonidan Qozoğistonning aholi migratsiyasi sohasidagi qonunçiligini buziş») böyiça ma’muriy bayonnomalar tuzilib, ular sud qarori bilan mamlakatdan çiqarib yuborilgan.