O‘zbekiston | 14:56 / 15.06.2022
4962
2 daqiqa o‘qiladi

45 ta kollej o‘rnida monomarkazlar tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Foto: Kun.uz

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, yig‘ilishda kasb-hunar ta’limini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

Yangi tizimga ko‘ra, 45 ta kollej Bandlik vazirligi tizimiga o‘tkazilib, ularning o‘rnida monomarkazlar tashkil etiladi. 

Oliy ta’lim vazirligi barcha kasb-hunar maktablari va texnikumlarni boshqarish va metodik ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.

Vazirlikda alohida vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etilib, departament tashkil qilindi. Bu lavozimga yetarli tajribaga ega bo‘lgan, Buxoro shahar monomarkaz rahbari Sadoqat Siddiqova tayinlandi.

“Bugungi kunda oliy ta’lim tizimidagi katta islohotlar o‘z natijasini berishni boshladi. Joriy yilda 36 ta oliygohga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi.

Endi professional ta’lim tizimini tubdan isloh qilish – oliy ta’lim vaziri, uning o‘rinbosarlari, rektorlarning eng ustuvor vazifasi bo‘lishi kerak. Bu juda muhim vazifa, tizimli ish tashkil etilmasa, odamlar rozi bo‘lmaydi”, dedi prezident.

Buning uchun Professional ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 50 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Viloyat, tuman va shaharlarda Kasb-hunar ta’limi kengashlari tashkil etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid