Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Içki işlar vazirligi xodimlari bilan ötkazilgan tezkor tadbirda Toşkent viloyati Yangiyöl şahrida yaşovçi, 1978 yilda tuğilgan ayol noqonuniy faoliyatiga çek qöyildi. 

Aldov yöli bilan qizlarni fohişalik bilan şuğullantiriş uçun Turkiya davlatiga yubormoqçi bölgan bu ayol Yangiyöl tumanida yaşovçi, 1999 yilda tuğilgan va Xorazm viloyati Qöşköpir tumanida yaşovçi, 2002 yilda tuğilgan ikki nafar qizni Toşkent-Istanbul aviayönalişi böyiça jönatmoqçi bölganida Toşkent xalqaro aeroportida uşlandi.

Boşqa holatda esa öz farzandini sotmoqçi bölgan ayol qölga olindi. 

Xususan, 1996 yil Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tuğilgan, hozirda Guliston şahrida yaşovçi ayol özining 2021 yil 3 iyun kuni tuğilgan qiz farzandini Boyovut tumanida istiqomat qiluvçi ayolga 15 ming AQŞ dollariga sotişni reja qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hududiy boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda ayol söralgan pulni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.