Rossiya prezidenti Samarqand şahrida ötadigan Şanhay hamkorlik taşkilotining 27-sammitida iştirok etadi. Bu haqda Putinning yordamçisi Yuriy Uşakovga asoslanib TASS xabar bermoqda.
Uşakov Rossiya prezidentining yaqin vaqtlarda rasmiy tadbirlarda iştiroki haqida ma’lumot bergan. Unda Putin sentabr oyida ŞHT sammitida iştirok etişi aytilgan. Taşkilotning 27-sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand şahrida ötkaziladi.
Uşakovga köra, Rossiya prezidentining AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan uçraşiş rejasi yöq, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan esa uçraşuv rad etilmagan, lekin kerakli tayyorgarlik talab qiladi.
Ma’lumot uçun, ŞHT sammiti ilk marta Samarqandda ötkaziladi. Bungaça Özbekiston mezbon bölgan sammitlarni uç marta Toşkent şahri qabul qilgan. Özbekiston oxirgi marta 2016 yil ŞHT sammitiga mezbon bölgandi. Samarqand taşkilot sammitiga mezbonlik qiladigan 15-şahar böladi.












