Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSP va ITSV vakillari zargarlik sohasi tadbirkorlarining muammolarini tingladi
8 iyun kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov, Zargarlik uyushmasi vakillari va zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin tadbirkor o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – zargarlik sanoatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish muhokamasidan iborat bo‘ldi.
Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida sohani yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish masalasi muhokama etildi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda respublika bo‘yicha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasida 92 ta yuridik shaxs va 223 ta yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ta’kidlash lozim, so‘nggi yillarda sohada bir qator shart-sharoitlar yaratildi, xususan:
- xomashyoni erkin sotib olish bo‘yicha barcha shart-sharoitlar yaratildi;
- sohada xomashyodan tortib tayyor mahsulotgacha QQSdan ozod qilindi;
- qimmatbaho toshlarni olib kirish bojxona bojidan ozod qilindi (2023 yil martgacha).
Biroq ishlab chiqarilgan mahsulot turlari va hajmlari kamligicha qolmoqda va tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlari to‘laqonli ishlatilmasdan kelinmoqda.
Tadbir davomida:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.02.2021 yildagi PQ–4998-sonli qarorida belgilangan qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan olinishida kafolat olish mexanizmida qiyinchilik va murakkabliklar vujudga kelishi va kechiktirib to‘lash muddatlarining qisqaligi;
- Xorijdan xomashyoni (qimmatbaho metallar) respublika hududiga olib kirib, uni qayta ishlab eksportga yo‘naltirishda va u bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladigan litsenziyaning talab qilinishi;
- Chet el xaridorining manziligacha yetkazib berish xizmatini taklif etadigan kompaniyalar mavjud emasligi;
- O‘zbekistonda zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari “Uzbek Jewellery Fair” xalqaro ko‘rgazmasini dunyodagi sohaning jahonshumul tadbiri sifatida o‘tkazishga xorijiy tajriba asosida chora-tadbirlar ishlab chiqilmagani;
- Sohada bilim va kunikmaga ega yetuk malakali kadrlarning yetishmovchiligi kabi masalalar kutarildi.
O‘zbekistonda zargarlik sohasini mahalliy sanoat sifatida iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish maqsadida, quyidagi takliflar o‘rtaga tashlandi:
- zargarlarga tovar-xomashyo birjasi orqali 360 kunga kechiktirib to‘lash shartini tatbiq etish;
- kafolatni boshqa tijorat banklari orqali boshqa turlarini (sug‘urta kafolati va boshqa kafolat turlari) amalga oshirishga ruxsat berish;
- bank kafolatini yakka tartibdagi tadbirkorlarga taqdim etish hamda qimmatbaho metallni metall ko‘rinishida qaytarish imkoniyatini yaratish;
- qimmatbaho metallarni respublika hududida qayta ishlash uchun olib kirilishida hamda qimmatbaho metallarni (o‘lchovli quymalarni) eksport qilishda qimmatbaho metallarni eksport va import faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsat beruvchi litsenziyani rasmiylashtirish talabini bekor qilish (eksport uchun ichki va tashqi tollingga ruxsat berish).
Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati (T)
Mavzuga oid
10:00 / 20.01.2026
Vizalarni soddalashtirish, tur-paketlarni muqobillashtirish, noqonuniy migratsiyani kamaytirish: elchi va tadbirkorlar uchrashuvida qanday masalalar ko‘tarildi?
19:44 / 22.10.2025
“Qashqadaryoda ish beruvchilar va ishchilarning qo‘nimsizligi eng katta muammo” – Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov
17:18 / 13.08.2025
“Quruvchi tannarxidan emas, budjetga to‘laydigan solig‘idan chegirma qilib beryapti” – SSP raisi
15:19 / 07.07.2025