O‘zbekiston | 07:49 / 16.06.2022
11100
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston chegaralarni demarkatsiya qilish masalalarini ko‘rib chiqdi

Xo‘jandda Tojikiston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Sugdnews xabariga ko‘ra, uchrashuv 9—14 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan, unda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasining demarkatsiya chizig‘ini loyihalash masalalari muhokama qilingan. 

«Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi. Tadbir yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi», — deyiladi nashr xabarida. 

Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegaraning umumiy uzunligi 1332,9 kilometrni tashkil etadi, shu jumladan quruqlikdagi chegarasi – 1227,98 kilometr, suv (daryo) – 105 kilometr. 

Bugungi kunga qadar Tojikiston-O‘zbekiston chegarasi 2002 yil 5 oktyabrdagi kelishuv va 2018 yil 9 martdagi davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma asosida to‘liq delimitatsiya qilindi, chegarani demarkatsiya qilish ishlari davom etmoqda. 

Mavzuga oid