«Yevrouçlik» yetakçilari Kiyevga poyezdda borgan. Şols, Makron va Dragi bitta poyezdda bölgan. Keyinçalik Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannes ham Kiyevga borgani ma’lum böldi. Şols, Makron va Dragi uruş oqibatida vayronaga aylangan Kiyev yaqinidagi Irpen şahriga borişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Makron ma’lum qildi.

Fransiya prezidenti vokzaldayoq jurnalistlar bilan gaplaşişga ulgurdi. Makron ukrainaliklarga murojaat qilmoqçi ekanini aytdi. Ukrainada «yevrouçlik» yetakçilari mamlakatni Yevropa Ittifoqiga olib kirişini aytiş va Rossiya bilan muzokaralarga qaytişga köndiriş uçun kelganini taxmin qilişmoqda. Avvalroq Italiya Ukraina öz hududlarini beriş orqali sulhga kelişişi borasida reja taqdim etgan, bu esa ukrainaliklarning ğazabiga sabab bölgandi.

Foto: AP

Kiyevga borgan Olaf Şolsning aytişiça, Germaniya faqat Ukrainaga hamdard ekanini aytiş bilan çeklanmaydi, gumanitar va harbiy yordam berişda davom etadi. «Ukraina öz mustaqilligini himoya qilar ekan biz yordam berişda davom etamiz», degan Şols.

«Yevrouçlik» yetakçilarining Kiyevga taşrifi 4 oydan buyon davom etayotgan uruş fonida katta voqelik deb qaralmoqda. Bu taşrifdan keyin töxtab qolgan va amalda jiddiy qaralmagan Ukraina va Rossiya örtasidagi muzokaralar tiklanişi mumkinligi aytilmoqda.