Jahon banki hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD) özlarining yarim yillik prognozlarida global iqtisodiyot istiqbollari haqidagi optimistik qaraşlarini qayta körib çiqdi. Qayd etilişiça, iqtisodiy pasayiş xavfi har qaçongidan ham yuqori darajaga yetgan.

“Dunyo Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy harakatlari uçun katta tovon tölaydi. Uruş ikki yillik pandemiya davridan keyin boşlangan iqtisodiy tiklanişga tahdid soladi. Şubhasiz, eng qaşşoq davlatlar boşqalardan köra köproq jabr köradi”, – deyiladi OECD hisobotida.

“Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazdi, energiya bozorlarini beqarorlaştirdi, köplab rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat tanqisligi va qaşşoqlikni kuçaytirdi”, deya yozadi Jahon banki iqtisodçilari.

BBC bu ikki taşkilot e’lon qilgan oxirgi hisobotlar asosida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi jahon iqtisodiyotiga qanday zarar yetkazişi mumkinligi borasida 10 ta fakt va prognozlarni keltirib ötdi.

1. Uruşning narxi

Jahon banki 2022 yilda global iqtisodiyotning ösişi böyiça prognozlarini 4,1 foizdan 2,9 foizga, OECD esa 4,5 foizdan 3 foizga pasaytirdi.

Ösişning bir yarim foizga qisqarişi – ulkan miqdor hisoblanadi, çunki joriy yilda global yalpi içki mahsulot birinçi marta yiliga 100 trillion dollardan oşib ketişi kutilayotgan edi.

Foto: EPA

Uruşdan taşqari, Xitoyda joriy qilingan karantin çeklovlari va Rossiya agressiyasi tufayli yuzaga kelgan rekord darajadagi inflatsiyaga qarşi kuraşiş uçun rivojlangan mamlakatlarda kredit stavkalarining oşirişi ham iqtisodiy ösişga tösqinlik qilmoqda.

2. Kambağallar boylardan köra köproq aziyat çekadi

Iqtisodiy inqiroz natijasida rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga qaraganda tezroq qaşşoqlaşadi, çunki oziq-ovqat va energiya resurslarining jahon bozoridagi narxlari oşib bormoqda. Şuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarning oziq-ovqat, yoqilği, texnologiya va boşqa mahsulotlarni sotib oliş uçun xorijiy valutadagi qarz stavkalariga boğliqlik darajasi ham yuqori darajada. Şu nuqtayi nazardan, Rossiyaning Ukrainaga hujumi aynan ularga köproq ta’sir körsatadi.