2022/23 öquv yilida davlat oliygohlariga bakalavriatning kunduzgi, keçki, sirtqi va masofaviy ta’lim şakllari, şuningdek, magistraturaga davlat buyurtmasi asosida öqişga qabul qiliş parametrlarining OTMlar va ta’lim yönalişlari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
“Huquqiy axborot” kanalida e’lon qilingan taqsimot jadvallari bilan quyidagi pdf formatdagi fayllar orqali tanişiş mumkin (mazkur kvotalar endilikda tillar kesimida bölib çiqiladi):
- Kunduzgi ta’lim – jami 77 477 ta kvota
- Sirtqi ta’lim – jami 26 095 ta kvota
- Keçki ta’lim – jami 3725 ta kvota
- Masofaviy ta’lim – 3410 ta kvota
- Magistratura – 10 688 ta
Jadvallarda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar uçun faqat grant örni körsatilgan, ular tölov-kontrakt kvotalarini mustaqil belgilaydi.
Bu yil masofaviy oliy ta’limga ilk marta qabul böladi. Bakalavriatning bu ta’lim şaklida kadr tayyorlaş quyidagi 12ta oliygohda boşlanadi:




















