Jonson 24 fevral kuni Rossiya hamda Ukraina örtasida uruş boşlanganidan keyin ikkinçi marta Ukraina poytaxtiga taşrifni amalga oşirmoqda. 10 aprel kuni ham Jonson anons qilmasdan Kiyevga borgan, Vladimir Zelenskiy bilan uçraşgan edi.
Jonsonni Ukraina prezidenti qarorgohida Volodimir Zelenskiy kutib oldi. Jonson bu gal ham özining noodatiy harakatlari bilan e’tiborni tortdi. Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilgan videoda ikki davlat yetakçisi tarjimonsiz gaplaşgan, Britaniya boş vaziri Zelenskiyga bardam bölişini aytgan.

Ukraina yetakçisi öz kanalida uşbu taşrif uruş boşlangandan buyon ikkinçisi ekanini ta’kidlab, qöllab-quvvatlov uçun Jonsonga minnatdorlik bildirdi: «Bu Rossiya bizning yerimizga bostirib kirganidan keyin Boris Jonsonning ikkinçi taşrifi. Ukraina ğalaba tomon ketayotgani haqida umumiy tuşunça bor. Dangal qöllab-quvvatlov uçun rahmat», deb yozdi Zelenskiy öz Telegram-kanalida.
Keça, 16 iyun kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Şols, Italiya boş vaziri Mario Dragi va Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannes ham Ukrainaga borgan hamda Zelenskiy bilan uçraşuv ötkazgandi.













