Keça, 19 iyul kuni Kobulga taşrif buyurgan Özbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari Abdulaziz Komilov va prezidentning Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev Afğoniston taşqi işlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqiy bilan uçraşuv ötkazdi.

Afğoniston tomoni axborotiga köra, özbek rasmiylari “Tolibon” taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçisi Amir Xon Muttaqiyni Özbekistonda böladigan xalqaro konferensiyada iştirok etişga taklif qilgan.

Foto: twitter.com/Hafiz Zia Ahmad
Foto: twitter.com/Hafiz Zia Ahmad

Uçraşuvda asosiy e’tibor ikki qöşni davlat örtasidagi iqtisodiy va tranzit sohasidagi aloqalarini mustahkamlaşga qaratilgan.

Muttaqiy Özbekistonda ötkazilişi kutilayotgan xalqaro konferensiyada iştirok etişga va uning doirasida tegişli idoralar bilan iqtisodiy aloqalarni muhokama qilişga va’da bergan.

“Özbekiston Afğoniston bilan sobiq hukumat qulaganidan keyin ham siyosiy va iqtisodiy aloqalarini saqlab qolgan mamlakatdir. Islom Amirligi bilan hamkorlik esa butun dunyo mintaqa davlatlari manfaatiga xizmat qiladi”, – deya toliblar vazirining sözlarini keltirmoqda mahalliy naşrlar.

Şuningdek, Komilov boşçiligidagi delegatsiya “Tolibon” boş vazirining iqtisodiy masalalar böyiça birinçi örinbosari Mulla Abdulğani Birodar bilan ham uçraşuv ötkazgan.

Foto: twitter.com/ARG Palace
Foto: twitter.com/ARG Palace

Birodar Komilovni yangi lavozim bilan tabriklab, Özbekiston iloji boriça Afğonistonda boşlagan elektr energetika, aviatsiya va temir yöl sohasida boşlagan loyihalarini tugatişi kerakligini