“Asosiy qonunimizga Özbekiston barça davlatlar, eng avvalo özining yaqin qöşnilari bilan tinçlikparvar va döstona siyosat yuritişi, uning taşqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qiliş, davlatlarning hududiy yaxlitligi prinsip va normalariga asoslanişi haqidagi moddani qöşişni taklif etaman.

Şuningdek, mamlakatimiz va jahonda tub özgarişlar yuz berayotgan hozirgi şaroitda, Özbekiston taşqi siyosatining konseptual-huquqiy asoslarini yangilaş va takomillaştiriş alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Şu munosabat bilan hozirgi paytda keng omma muhokamasida bölib turgan konstitutsion islohotlarni inobatga olib, Özbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi hamda Özbekiston Respublikasining Taşqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini yangi tahrirda işlab çiqiş zarur, deb hisoblayman.

Mazkur hujjatlarning öta muhimligidan kelib çiqib, uşbu Konsepsiyalarni ham Konstitutsiyaviy qonun şaklida qabul qilişni taklif etaman”, dedi davlat rahbari.