Uning sözlariga köra, konstitutsiyada fuqarolarning uy-joyga bölgan huquqlarini himoya qiliş, uning daxlsizligini kafolatlaş, aholining barça qatlamlari, ayniqsa, muhtoj toifalarni uy-joy bilan ta’minlaş böyiça davlatning majburiyatlarini mustahkamlaş zarur.
“Xalqimiz orasida “snos” degan nom bilan maşhur bölgan muammo bor. Bunday holatga butunlay barham beriş uçun uy-joy böyiça konstitutsiyaviy kafolatni belgilab qöyiş lozim.
Ya’ni, sudning qarorisiz heç kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak. Imorat buzilişga tuşadigan bölsa, buning uçun buzişdan oldin uning qiymatiga mos ravişda kompensatsiya tölanişi şart.
Uy-joyga yoki şaxsning boşqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kiriş, ularni közdan keçiriş va tintuv ötkazişga faqat qonunda belgilangan holat va tartibda yöl qöyilişi Konstitutsiyada qat’iy belgilanişi darkor”, dedi davlat rahbari.
Bildirilişiça, xususiy mulksiz, uning işonçli kafolatisiz kuçli ijtimoiy davlatni qurib bölmaydi.
“Şu bois, Boş qomusimizda xususiy mulk himoyasini ta’minlaş uçun zarur bölgan konstitutsiyaviy kafolatlarni kuçaytirişimiz lozim. Toki, katta-kiçikligidan qat’iy nazar, har bir tadbirkor doimo davlat, Konstitutsiya, qonunlar hamda Prezident himoyasida ekanini amalda his qilsin.
Rivojlangan davlatlardagi kabi, şunday tartib örnatilişi lozimki, mulkdor sud qarorisiz, özining roziligisiz, adolatli tovon pulisiz, mulkidan mahrum etilmasin.
Şu bilan birga, davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş natijalari qayta körib çiqmaslik hamda bekor qilmaslik masalasini ham Konstitutsiyaviy qoida sifatida belgilaşning vaqti-soati keldi, deb öylayman.
Iqtisodiyotimizni harakatga keltiruvçi asosiy kuç bölgan tadbirkorlikning rivojlanişi yölidagi barça tösiq va ğovlarni olib taşlaşimiz zarur", dedi Şavkat Mirziyoyev.













