Batumi - sayyohlar maskani. Dengiz böyidagi şahardan reportaj
|23:44 / 21.06.202228 5039 min
Batumining bir tomoni dengiz, bir tomoni toğlar. Bu yerga taşrif buyurib, nafaqat dengiz sohilida dam oliş, balki ekoturizm imkoniyatlaridan bahramand böliş mumkin.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
21 may kunidan Uzbekistan Airways kompaniyasi Gruziyaning Batumi şahriga töğridan töğri reyslarni boşladi. Hozirda Toşkent-Batumi-Toşkent yönalişida haftaning çorşanba va şanba kunlari samolyotlar qatnamoqda.
Uşbu şaharda 15 iyun kuni turizm mavsumi oçildi, şu kuni Uzbekistan Airways va Gruziya tomoni hamkorligida özbekistonlik jurnalistlar va blogerlar iştirokida mediatur taşkil etildi. Şu sanadan koronavirus bilan boğliq barça çeklovlar bekor qilindi - endi aeroportda PsRning manfiy natijasi yoki emlanganlik haqidagi sertifikatni körsatiş talab etilmaydi.
Kun.uz vakili ham 18 iyunga qadar davom etgan uşbu sayohatda iştirok etdi, quyida uşbu turdan reportaj taqdim etiladi.
Ajariya
Ajariya — Gruziyaning eng ajoyib burçaklaridan biri. Bu yerga taşrif buyurgan inson bu yerda turizm tez sur’atlarda rivoj topayotganiga amin böladi. Buning sabablari köp. Ajariya tabiati boyligi va turli-tumanligi bilan maftun qiladi: Qora dengiz sohili va purviqor toğlar, mehmondöstlik, madaniy obidalar, qal’alar, qadimiy köpriklar, çiroyli köllar va qişloqlar. Bu yerda özingiz uçun qadimiy an’analarga amal qilib keluvçi tamaddixonalarni kaşf etişingiz, ekoturizm va haqiqiy gruzinça mehmondorçilikni his qilişingiz mumkin.
Batumi - Ajariyaning asosiy markazi, Gruziyaning Tbilisidan keyingi ikkinçi yirik şahridir. Ikki ming yillik tarixga ega uşbu şahar arxitekturasi rang-barang, iqlimi subtropik va Şarqiy Yevropa mintaqasida asosiy sayyohlik yönalişlaridan sanaladi.
Dunyoning köplab mamlakatlari, jumladan Özbekiston aholisi ham Gruziyaga vizasiz kirişi mumkin. Bugungi kunda Gruziya dunyoning eng xavfsiz mamlakatlaridan biriga aylangan. Batumiga özbekistonliklar Tbilisidan avtomobil, avtobus yoki poyezd orqali yetib olişi mumkin edi, endi esa töğridan töğri Toşkentdan samolyotda ham uçiş mumkin.
Gruziya milliy valutasi - gruzin larisi hisoblanadi. 10 lari 3 dollarga baholanadi. Şaharda barça joyda (restoranlar, kafelar, marketlar, şopping-markazlar) bank kartalari bilan xarid qiliş mumkin. Ammo şahar taşqarisiga çiqqanda hamyonda naqd pul ham bölişi kerak.
Boşpana
Mavzuga oid
Batumi kunduzi ortiqça şovqinsiz, birmunça osuda şahar, lekin tunda ham hayot töxtamaydi. Bu yerga dunyoning turli çekkalaridan sayyohlar kelişadi, u yerga yolğiz ham, oilaviy bölib ham boriş mumkin.
Mediatur iştirokçilari beş yulduzli Hilton mehmonxonasiga joylaştirildi. Şaharda Radisson, Sheraton kabi boşqa maşhur mehmonxonalar brendi ham mavjud.
Beş yulduzli mehmonxonalarda nomer bron qiliş yozgi mavsumda tabiiyki qimmatlaşadi va 200-250 dollargaça çiqadi, lekin bu paytda 30-40 dollarga ham yaxşi joylar topiladi.
Mehmonxona yoki kvartira qayerda joylaşgan bölmasin, dengizga yaqin böladi, sal uzoqroqqa ketib qolsangiz ham şahar jamoat transporti va taksi xizmati juda yaxşi rivojlangan, narxlar ham arzon - istalgan joyga tezda yetib boriş muammo emas.
Umuman olganda, Batumida mehmonxona, apart-mehmonxona, guest-mehmonxona, kvartiralar topişda Airbnb yoki Bookinğdan foydalaniş mumkin.
Hilton mehmonxonasi yaqinidagi köl / Foto Kun.uz
Sohilning tungi körinişi / Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
Milliy taomlar
Foto: Telegram / Sayohatdagi qaydlar
Gruziya oşxonasida pişloqdan keng foydalaniladi, bu yerda hatto pişloqli şörva ham qilişadi. Eng maşhur mahalliy taom - xaçapurining köplab turlari bor (ajarça, megrelça, imeretinça, lobiani, kubdari va boşqalar) va ularning barçasida pişloq işlatiladi. Xaçapuri 2019 yilda Gruziya madaniy merosi yodgorligi maqomini olgan.
Gruzinlarning suyuq ovqatlarida sabzavotlar deyarli işlatilmaydi, şörvalardan eng maşhuri esa xarço (mol göşti va guruçdan), şuningdek, qöziqorinli çixirtma, mol oyoğidan xaşi, şeçamandi (unda ham pişloq böladi).
Gruziyaga borganda özbek oşxonasiga begona bölmagan çaxoxbili, mantilar onasi - xinkali, buzoq yoki mol göştidan tayyorlanadigan çaşuşuli, çanaxi yoki çakapuli kabi taomlardan ham tatib köriş tavsiya etiladi.
Foto: Telegram / Sayohatdagi qaydlar
Dengiz, plyaj va eski bulvar
Dengiz porti. Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
Qora dengiz böyidagi Batumidagi toşli plyaj uzunligi 7 kilometrdan oşadi - u janubda aeroportdan şimolda portga qadar uzangan.
Plyaj tekin. Bu yerda lejaklar 5 lari, soyabon 10 lari. Sohilda köp yomğir yoğadi, lekin bu iliq yomğir bölib, yomğir ostida ham dengizga tuşiş mumkin - dengiz suvi ham iliq.
Plyaj. Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
Şaharda eski port ham maşhur, bu yerda unikal arxitektura yodgorliklarini uçratiş mumkin.
Sohilga parallel joylaşgan bulvar ham bor.
Sohil yoqalab ötgan bulvar. Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
19-asrda paydo bölgan bu bulvar bugungi kunda mahalliy aholi va sayyohlar taşrif buyuradigan va aylanadigan asosiy joyga aylangan.
Oltin möyna tutib turgan Medeya. Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
Nino va Ali yodgorligi. Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
Bulvarda köplab kafelar, restoranlar va bolalar maydonçalari joylaşgan.
Batumidagi aholi yaşovçi uylar. Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
Eski şahar doim sayyohlar bilan gavjum. Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
Ekoturizm
Maxunseti şarşarasi.
Batumida 1912 yilda asos solingan, 108 gektar maydonni egallagan Botanika boği ham mavjud. Bu yerda Şarqiy Osiyo, Şimoliy Amerika, Yangi Zelandiya, Janubiy Amerika, Himolay, Meksika, Avstraliya, Örta Yer dengizining nam iqlim şaroitli sohillari va Kavkazda ösuvçi daraxt va ösimliklar jamlangan. Taşrif buyuruvçilar boğ hududini piyoda yoki boğga kirişda ijaraga beriladigan elektromobillarda sayr qilişlari mumkin.
Maftunkor tabiati tufayli ekoturizm Ajariyaning yetakçi turizm turlaridan hisoblanadi. Mintaqaning ösimlik va hayvonot dunyosi boyligi, şuningdek tarixiy va madaniy yodgorliklar köpligi ekoturizm uçun qulay şaroit hosil qiladi. Ajariyada törtta qöriqlanadigan hudud mavjud: «Mtirala» milliy parki, «Kintrişi» milliy parki, «Maçaxela» milliy parki hamda Kobuleti qöriqxonasi. Bu joylar qalin örmonzorlardan iborat va subtropik ösimliklarga boy.
Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
Dengiz yoqasidagi Botanika boği / Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
Botanika boği / Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
Toğ qişloğidagi uzumzor / Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
Madaniy turizm. «Gonio-Apsaros» qal’asi
«Gonio-Apsaros» qal’asi devoridan turib olingan surat. Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
Ajariya madaniy turizmning turli turlarini taqdim etadi: san’at obidalari, qadimgi arxitektura, haqiqiy gruzin mehmondorçiligi, unikal oşxona va dinamik tungi hayot. Qadimgi zamonlarda paydo bölgan «Xorumi» va «Ajaruli» raqslari gruzin milliy özligini namoyon etadi. Ajarlarning «Gandagana» raqsi Gruziya nomoddiy madaniy merosiga kiritilgan. Ajariya turli diniy yönalişlarga tolerant hudud - bu ölkada masjidga ham, çerkov yoki monastirga ham, sinagogga ham taşrif buyuriş mumkin. Regionda köplab tarixiy va zamonaviy arxitektura binolari mavjud, jumladan «Gonio-Apsaros» va «Petra», rimliklar davrida qurilgan köpriklar.
«Gonio-Apsaros» Batumidan 12 km masofada, Çoroxi daryosining söl sohilida joylaşgan va milodiy 1-asrda rimliklar tomonidan barpo etilgan. Özining strategik joylaşuvi tufayli qal’a Qora dengiz şarqida dastlab rimliklar uçun, keyinroq vizantiyaliklar va usmonli turklar uçun tayanç qal’a vazifasini ötagan. «Gonio-Apsaros» tarixi argonavtlar haqidagi mif bilan ham boğlanadi. Afsonaga köra, şoh Aet bu yerga Yason tomonidan öldirilgan öğli Apsarosni dafn etgan.
«Gonio-Apsaros» qal’asi. Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova (az_maxmood)
«Gonio-Apsaros» qal’asining içki körinişi. Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
«Gonio-Apsaros» qal’asining içki körinişi. Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
«Gonio-Apsaros» qal’asining içki körinişi / Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
«Gonio-Apsaros» qal’asining içki körinişi / Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
«Gonio-Apsaros» qal’asining içki körinişi / Foto muallifi Aziza Saidmaxmudova
Nima bölganda ham bir marta Batumiga boring, keyin u sizni öziga qayta va qayta çorlayveradi. Batumiga boring va Yevropaning şarqiy çekkasidagi «Qora dengiz javohiri» haqida boşqalarga ham sözlab bering.