Rossiyada Roskomnadzor talabi bilan Britaniyaning The Daily Telegraph kundalik gazetasi sayti bloklab qöyildi, deb xabar berdi «Roskomsvoboda» jamoatçilik loyihasi 21 iyun, seşanba kuni. «Roskomsvoboda» ma’lumotlarini GlobalCheck xizmati tasdiqladi, unga köra Rossiyadan The Daily Telegraph saytiga kiriş imkoni 0 foizni taşkil etadi. 

Rossiya Federatsiyasi hududida Britaniya naşrining saytiga endi faqat VPN orqali kiriş mumkin. Bloklanişga Rossiyaning Ukraina hududidagi harbiy amaliyotlari haqida 23 fevraldagi maqola sabab bölgan. 

The Daily Telegraph Rossiyaning Ukrainadagi uruşini faol yoritib boryapti. Xususan, 15 iyun kuni naşr Ukraina tomonida jang qilgan amerikaliklar Aleksandr Dryuke va Endi Hyuyn rossiyalik harbiylar tomonidan asirga olingani haqida xabar bergandi. Bu amerikaliklar, The Daily Telegraph naşri yozişiça, iyun oyi boşida Xarkov şimoli-şarqidagi jangda duşmanning özidan ustun kelgan qöşinlariga duç kelgan guruh bir qismi bölgan.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan keyin Roskomnadzor Rossiyada mustaqil va xorijiy ommaviy axborot vositalarining saytlarini bloklaşni boşladi. Xususan, regulyator Germaniyaning Bild tabloidi, Finlandiyaning Yle teleradiokompaniyasi, «Ozodlik radiosi»ning arman xizmati, Deutsche Welle, Euronews va Delfi saytlarini bloklab qöygan.