Dunyo yangi pandemiyaga tayyor emas, dedi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesus.
"Biz koronavirus pandemiyasidan olgan saboqlarimizga jiddiy yondaşişimiz va dunyoni pandemiyalarga tayyorlaş böyiça tavsiyalarni bajarayotganimizga işonç hosil qilişimiz kerak. Biz pandemiyaning örtasida turibmiz. Dunyo tayyor emas. Agar yana bir virus zarba beradigan bölsa, yangi pandemiya boşlanadi, biz esa bunga tayyor turolmaymiz", - dedi u.
Gebreyyesus şuningdek, COVID-19ga qarşi kuraşiş böyiça tavsiyalarni töliq bajariş muhimligiga e’tibor qaratdi.
"Biz har bir mamlakatda tavsiyalarni amalga oşiriş uçun juda tez harakat qilişimiz kerak va şundagina navbatdagi pandemiyaning oldini olişimiz mumkin", - deya qöşimça qildi JSST rahbari.
Şu yilning aprelida dunyo böyiça koronavirus yuqtiriş bilan boğliq holatlar soni 500 milliondan oşgandi.












