Germaniya Ukraina ğallasini sinov tariqasida temiryöl orqali olib çiqişni yölga qöyadi, dedi GFRning Ukrainadagi elçisi Anka Feldguzen.
"Ukraina ğallasini Odessa portlari orqali eksport qiliş yaqin vaqt içida imkonsiz, şu sababli Polşa orqali eksport qiliş imkoniyati ustida işlaş kerak. Germaniya temiryöl orqali olib çiqişga yordam berişni rejalaştirmoqda. Ukrainalik hamkorlarimiz bilan sinov taşuvini yaqin vaqt içida amalga oşiriş ustida işlaymiz", - dedi u.
Uning sözlariga köra, Yevropa mamlakatlari Ukraina ğallasini quruqlik orqali taşiş uçun "birdamlik yölaklari" taşkil etadi.
Avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ukrainada 20 mln tonna ğalla saqlanayotganini aytgandi.













