“Özbekgidroenergo” AJ hamda “Hydro4U” hamkorlikda yangi GES qurilişiga texnologik uskunalar keltiriş uçun Yevropa Ittifoqining grant mablağlari jalb qilinişiga erişildi. Bu töğrisida bugun, poytaxtimizda joylaşgan “Raddison Blu” mehmonxonasida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştirilayotgan “Horizon 2020” dasturi doirasidagi “Hydro4U” – Markaziy Osiyoda barqaror kiçik energetika” loyihasining yillik yiğilişida ma’lum qilindi.

Uşbu loyihani amalga oşiriş uçun Yevropaning ilğor 12 ta akademik va oliy ta’lim muassasalari hamda 1 ta işlab çiqaruvçi korxonasi iştirokida “Hydro4U” konsorsiumi taşkil qilingan.

Ta’kidlaş joizki, ikki kun davom etadigan mazkur yiğilişda konsorsium a’zolari tomonidan ötgan 2021 yilda loyiha doirasida amalga oşirilgan keng kölamli faoliyatning natijalari hamda kelajakdagi istiqbolli rejalar muhokama qilinadi.

Bu borada, “Özbekgidroenergo” AJ va “Hydro4U” konsorsiumi tomonidan hamkorlikda olib borilgan işlar natijasida Farğona viloyatining sölim Şohimardon qişloğiga quvvati 2,2 MVtlik, umumiy qiymati 2 mln yevroga teng GES qurilişiga texnologik uskunalar keltiriş uçun Yevropa Ittifoqining 1,0 mln yevrolik grant mablağlarining jalb qilinişiga erişildi.

Şuningdek, jahonda uşbu yönalişda yetakçi bölgan Avstriyaning “Global Gidro” kompaniyasi bilan texnologik uskunalar keltiriş uçun şartnoma imzolanadi. Hozirda mazkur kompaniya tomonidan texnologik uskunalar işlab çiqarişga kirişildi.

Loyihadagi quriliş-montaj işlari, elektr energiyasini uzatiş va mexanik uskunalarni keltiriş uçun “Özbekgidroenergo” AJning qariyb 12 mlrd sömlik öz mablağlari yönaltiriladi.