Uçraşuvda prezident asosiy qonunga qator normalarni kiritiş böyiça takliflar ilgari surdi. Kun.uz mazkur takliflarni sanab ötadi.

Fuqarolarning huquq va erkinliklari yönalişida:

  • Özbekiston fuqarosi mamlakat böylab erkin harakatlaniş, turar yoki yaşaş joyini erkin tanlaş huquqiga ega (propiska çeklovlari qaytib heç qaçon tiklanmaydi);
  • har bir fuqaroga mamlakatdan tösiqlarsiz çiqiş va qaytiş huquqi kafolatlanadi;
  • şaxsiy hayot daxlsizligi kafolatlanadi;
  • majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yöl qöyilmaydi;
  • har bir şaxs qulay mehnat şaroitida işlaş, mehnati uçun munosib haq oliş huquqiga ega;
  • mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori insonning özi va oilasi hayot keçirişi uçun yetarli miqdorda bölişi kerak.

Tadbirkorlik va yerga oid masalalar:

  • Xususiylaştiriş natijalari qayta körib çiqilmaydi va bekor qilinmaydi;
  • davlat tovarlar, xizmatlar, işçi kuçi va moliyaviy mablağlar erkin harakatlanişi, içki va xalqaro savdo rivojlanişi uçun barça şaroitlarni yaratişi kerak;
  • tadbirkorlar qonunçilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oşirişga, çeklanmagan miqdorda daromad olişga haqli;
  • davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun qulay işbilarmonlik va investitsiyaviy muhit hamda şaroitlarni ta’minlaşi, erkin va halol raqobatni himoya qilişi, iqtisodiy faoliyatda monopollaştirişga yöl qöyilmasligini kafolatlaşi lozim;
  • yer xususiy mulk bölişi mumkin; qişloq xöjaligi yerlari va örmon fondi davlat tasarrufida qoladi hamda tadbirkorlik sub’yektlariga ijara şartnomasi asosida beriladi.

Sud-huquq sohasida:

  • “Miranda qoidasi”: şaxsni uşlaş çoğida uning huquqlari va nima sababdan uşlangani sodda tilda tuşuntiriş beriş şart;
  • “Xabeas korpus” instituti: şaxs sudning qaroriga qadar köpi bilan 48 soatdan ortiq uşlab turilişi mumkin emas;
  • ölim jazosi taqiqlanadi;
  • şaxsning sudlanganligi va undan kelib çiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoşlari huquqlarini çeklaşga asos bölişi mumkin emas;
  • mahbuslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati ta’minlanişi şart;