Qopga ekilgan kartoşka, uning yoniga ekilgan rayhon, turli gullar, makkajöxori, bulğor qalampiri, pomidor, bodring va yana köplab sabzavotlarni hamda har xil meva, gullarni 3 sotix yerda yetiştirayotgan Köpaysin Inomova tomorqadagi bir qariç yerni ham böş qoldirmagan. U turmuş örtoği, farzandi va nabirasi bilan birga kiçik tomorqadan katta hosil oliş usulini yölga qöygan.

Tomorqa kiçkina bölişiga qaramasdan, ekinlarga tabiiy öğit yetkaziş maqsadida biogomus ham yetiştirilmoqda.
Bizni hayratga solgan holat birgina sabzi ösimligining uç mavsum qilib yetiştirilişi böldi. Ya’ni hozirgisi erta pişgan, niş otib yerdan kurtaklari çiqqan oraliq va endi ekişga möljallangan kuzgi sabzi.

Tomorqada bir mahsulot pişib tugaşi bilan örniga boşqa sabzavot ekiladi. Kiçik issiqxonadagi limon va mandarinlar ostiga esa bulğor qalampiri, ösma va boşqa ösimliklar ekilgan.

Qahramonimizning aytişiça, oilada iş har kun bomdod namozidan keyinoq boşlanadi. Tomorqadagi işlaridan taşqari öğli Abdunazar Inomov opalubka (beton quyiş işlarida işlatiladigan moslamalar) ijaraga beriş, yuk taşuvçi mototsikl bilan aholiga quriliş va xöjalik mollarini taşiş orqali pul topadi.
“Tomorqadan daromad oliş yoki rözğorga mahsulotlar yetiştirişda dangasalik qiliş yoki bahona qiliş yaramaydi”, deydi Köpaysin opa.

Uning fikriça, ikki tup pomidor yoki ikkita sabzi yoki bodring ekib, uni parvariş qilib, undan uruğini oliş va undan köçat yetiştirib sotiş yoki uni parvarişlab tirikçilik qiliş mumkin.












