Kelasi haftada Istanbulda Ukraina hududidan ğalla olib çiqiş muammosi böyiça Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari muzokaralar ötkazişi mumkin. Bu haqda öz manbalariga tayanib Milliyet gazetasi xabar berdi.
Şu bilan birga, kelayotgan haftada Turkiya mudofaa vazirligi delegatsiyasi uşbu masalani muhokama qiliş uçun Moskvaga borişni rejalaştirmoqda.
Kiyev, Moskva, Anqara va BMT vakillari uçraşuvidan söng tomonlar inqirozni hal qiliş mexanizmini yaratadi.
Avvalroq Germaniya Ukraina ğallasini sinov tariqasida temiryöl orqali olib çiqişni yölga qöyişni rejalaştirayotgani xabar qilingandi.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning sözlariga köra, Ukrainada 20 mln tonna ğalla saqlanmoqda.
Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning ta’kidlaşiça, Ukraina portlaridan ğalla ortilgan kemalar çiqişi uçun ukrainaliklar Ukrainaga qaraşli territorial suvlarni minalardan tozalaşi kerak.












