Köksaroyda ötgan samarali muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolaş marosimi böldi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev va prezident Ilhom Aliyev Özbekiston Respublikasi bilan Ozarboyjon Respublikasi örtasidagi strategik şeriklikni çuqurlaştiriş va har tomonlama hamkorlikni kengaytiriş töğrisidagi deklaratsiyani imzoladi.

Şuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari örtasida 18 ta hujjat imzolandi. Hududlararo hamkorlik, sanoat, xalqaro avtomobil qatnovi, noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş, ösimliklar karantini va himoyasi sohalaridagi hamkorlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik töğrisidagi bitimlar hamda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi şular jumlasidan.

Uşbu hujjatlar Özbekiston va Ozarboyjon örtasidagi hamkorlikning qator istiqbolli yönalişlarida amaliy şeriklikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.