«Hisor» davlat qöriqxonasi ma’muriyatining xabar berişiça, 2022 yil 20 iyundan 21 iyunga ötar keçasi qöriqxona hududiga kiruvçi toğlarda qor yoğgan.

«Hisor» davlat qöriqxonasi ilmiy xodimi Behruz Begaliyevning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, keça tunda qor qöriqxonaning Miraki, Ğilon, Tanxozdaryo va Qizilsuv bölimlaridagi toğlarning baland qismlariga yoğgan.

Uning aytişiça, havo bulutli bölgani uçun yoğgan qor haliyam saqlanib turibdi.
“Keça yoğgan qor havo bulutli bölgani uçun kamida uç kun saqlanib turadi. Qaçon quyoş tölaqonli körinsa, keyin erib ketadi”, deydi B.Begaliyev.

Ma’lumot uçun, Hisor davlat qöriqxonasi 1983 yilda Qaşqadaryo viloyatidagi ikki mustaqil Miroqi va Qizilsuv qöriqxonalarini birlaştiriş natijasida taşkil etilgan.

Hisor davlat qöriqxonasi Pomir-Oloy toğ tizimiga kiradigan Hisor tizmasining şimoliy-ğarbiy qismida joylaşgan bölib, uning umumiy yer maydoni 80 986,1 gektar. Şundan 2000 gektar ekoturizm uçun ajratilgan qöriqlanma zona hisoblanadi. Qöriqxona 4 ta bölimga bölingan:
- - Ğyelon bölimi yer maydoni – 18 838,1 gektar.
- - Miraki bölimi, yer maydoni – 11 821 gektar.
- - Tanxozdaryo bölimi yer maydoni – 20 233 gektar.
- - Qizilsuv bölimi yer maydoni – 30 094 gektar.














