Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyat boşqarmasi tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasining murojaatiga asosan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.

Unda, fuqarolar M.J. va S.S. özaro til biriktirib, “U.A.” MÇJni taşkil etişib, söngra internet ijtimoiy tarmoqlarda (“Telegram”) “At Termiziy University” xususiy universiteti kanalini oçib, faoliyat yuritişga tegişli ruxsatnoma olinmagan universitetga öqişga qabul boşlangani haqida xabarlar berib, uşbu universitetda öqiş istagini bildirgan 73 nafar fuqaroning 306,9 mln sömini tölov pullari sifatida qabul qilib olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

“Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar! Mamlakatimiz hududida mavjud nodavlat oliy ta’lim muassasalariga öqişga hujjat topşiriş yoki kontrakt tölovlarini amalga oşirişdan avval, ularning Özbekistonida tan olinganligiga rasmiy axborot kanallari orqali aniqlik kiritişingizni sörab qolamiz”, deyiladi mahkama ma’lumotida.