Prezident Şavkat Mirziyoyev 23 iyun kuni elektr energetikasi korxonalari faoliyatini transformatsiya qiliş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.

Rasmiy relizga köra, ayni paytda 7 million iste’molçi Elektr energiyasini nazorat qiliş va hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimiga ulanib, aholidan tölov undiriş 100 foiz ta’minlanmoqda. Generatsiya sohasida jami 7 milliard dollarlik 19 ta quyoş, şamol va issiqlik elektr stansiyalari quriş böyiça loyihalarga xorijiy investorlar jalb qilingan.

Şu bilan birga, sohada raqobatni yaratiş, energiya ta’minotining hajmi va sifatini oşiriş böyiça hali qilinadigan işlar köp. Jumladan, energetika tizimini modernizatsiya qiliş, iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojlarini töliq qondiriş uçun kelgusi yillarda 20 milliard dollarga yaqin investitsiya talab etiladi. Buning uçun sohada raqobatli bozorni şakllantiriş va xususiy investorlarga şaroitlarni kengaytiriş zarur.

Şu bois yiğilişda energetika bozorini boşqariş böyiça yangi tizim yaratiş masalalari muhokama etildi.

Xususiy generatsiya korxonalari ulanişi uçun teng şaroit yaratiş maqsadida “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini yagona xarid qiliş va magistral tarmoqlarni boşqariş vakolatlarini ajratiş taklifi bildirildi.

Bunda, yagona xarid qiluvçi kompaniya barça elektr stansiyalaridan elektr energiyasini şartnoma asosida sotib olib, yirik korxona va hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotadi. Magistral tarmoq operatori esa elektr energiyasini yetkazib beriş, yöqotişlarni kamaytiriş va energotizimni texnik boşqariş bilan şuğullanadi.

Kelgusi yilda 14 ta tuman va şaharda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga muqobil tarzda, iste’molçilarga elektr energiyasini sotadigan xususiy çakana elektr savdo kompaniyalari taşkil etiladi.

Şuningdek, tarmoq rahbarlariga transformatsiya jarayonini jadallaştiriş, korxonalarni moliyaviy soğlomlaştiriş va töğridan töğri investitsiyalar jalb qila oladigan kompaniyalarga aylantiriş kerakligi ta’kidlandi.

Soha korxonalarining operatsion xarajatlarini optimallaştiriş, elektr uzatiş tarmoqlarini yangilaş böyiça ham topşiriqlar berildi.