Buyuk Britaniyaga noqonuniy ravişda kelgan ukrainaliklar Ruandaga deportatsiya qilinişi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Londonning The Guardian gazetasi. Jonson bunday variant dargumon ekanligini ta’kidladi, biroq bu nazariy jihatdan mumkinligini tan oldi.
«Ruandaga odamlar yuborilişi mumkin bölgan yagona şart - agar ular Buyuk Britaniyaga noqonuniy ravişda kelgan bölsa va bizda mavjud bölgan xavfsiz va qonuniy yönalişlarga putur yetkazsa. Biz ukrainaliklarga 130 mingta viza beramiz va ularda kiriş uçun kamida ikkita juda yaxşi yöl bor. Lekin, agar ular bu yerga noqonuniy kirsa, qonuniy yöl bilan kelgan har bir kişining ahvoliga putur yetkazadi. Demak, javob «ha», nazariy jihatdan bu (ukrainaliklarning Ruandaga çiqarib yuborilişi - tahr.) sodir bölişi mumkin. Lekin menimça, bu dargumon», dedi Britaniya boş vaziri Ruanda poytaxti Kigaliga taşrifi çoğida.
Avvalroq Boris Jonson Britaniyaning Ruandaga noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qiliş böyiça aprel oyida taqdim etilgan bahsli dasturini izohlar ekan, uning doirasida ukrainaliklarni deportatsiya qiliş «şunçaki imkonsiz» ekanini aytgan edi. Jonson Kigaliga joriy taşrifi çoğida Ukraina va Rossiya örtasidagi mojaroda «yomon tinçlik» variantiga qarşi yana bir bor gapirdi va bu Putin uruş maşinasini kuçaytirişini ta’kidladi.













