Turnirning dastlabki kuni özbekistonlik sportçilar uçun muvaffaqiyatli ötdi. -52 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan 23 yoşli Diyora Keldiyorova oltin medal sohibiga aylandi.
«Hamyurtimizga hal qiluvçi bellaşuvda rossiyalik Alesya Kuznetsova raqiblik qildi. Qiziqarli kuraşlarga boy bellaşuvda Keldiyorova ğalaba qozonib, «Katta dubulğa» turnirlarining ikki karra ğolibi böldi», - deya xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.
Yana bir ahamiyatli tomoni, uşbu ğalabasi evaziga Diyora Keldiyorova Parij-2024 Olimpiya öyinlari uçun 500 reyting oçkosini ham öz hisobiga qöşib qöydi.
Eslatib ötamiz, samarqandlik sportçi qiz 2019 yil BAAda ötgan Osiyo çempionatida oltin medalni, ötgan yil Bişkekdagi qit’a birinçiligida esa bronza medalini qölga kiritgan edi. 2021 yil Budapeştda ötgan jahon çempionati jamoaviy bahslarida esa bronzaga ega çiqqandi.

















