Pedagogika yo‘nalishidagi talabalarga haftalik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘yicha «4+2» tartibi belgilandi
Prezident “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari "4+2" tartibida, shu jumladan darslar 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib borilishi ta’minlanadi.
Har yili pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM ixtisoslik kafedralari kamida 5 foiz professor-o‘qituvchilarini ushbu muassasalar budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan xorijiy davlatlarga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralari ko‘riladi.
2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlar qarorga ilovada ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi. Ilovada ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
Mavzuga oid
16:41 / 03.11.2024
O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi
20:25 / 23.08.2024
Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9 sentabrda boshlanadi
15:45 / 19.08.2024
Yangi o‘quv yilida qancha abituriyent talabalikka tavsiya etilgani ma’lum qilindi
10:56 / 18.08.2024