Ryazan oblastida 24 iyun, juma kuni ertalab Il-76 harbiy-transport samolyoti halokatga uçradi. Hodisa vaqtida bortda 10 kişi bölgan, ulardan 3 nafari halok bölgan. U yerda bölgan barça fuqarolar salondan olib çiqildi. 7 kişi tibbiy muassasalarga yetkazilgan. Ularning ahvoli haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Halokatdan keyin yonğin boşlangan, biroq u töliq öçirilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqaviy boş boşqarmasi yerda heç qanday vayronagarçiliklar yöqligini ma’lum qildi. 

OAV ma’lumotlariga köra, Il-76 Orenburgdan Belgorodga uçgan va Ryazanda yonilği quyiş rejalaştirilgan. Xabar qilinişiça, samolyot turar joy binolaridan unçalik uzoq bölmagan Mixaylovskoye şossesi yaqinidagi dalaga qattiq qönişni amalga oşirgan. Uning dvigatelida nosozlik aniqlangan. Mahalliy aholidan heç kim jabrlanmadi. 

«24 iyun kuni Il-76 harbiy-transport samolyoti Ryazan oblastida qattiq qönişni amalga oşirdi. Yuksiz öquv-maşğulot parvozi vaqtida dvigatelda aniqlangan nosozlik tufayli ekipaj yerga qönişga qaror qildi», - deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida. 

«Yer bilan töqnaşganda samolyot qisman bölinib ketdi», - deya tuşuntiriladi Mudofaa vazirligi xabarida.