Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining xabar berişiça, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida noqonuniy tarzda valuta oldi-sotdisi bilan şuğullanib kelgan fuqarolarni uşlaş böyiça tadbirlar ötkazilgan.
Jumladan, departamentning Muborak tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, “Muborak dehqon bozori” oldida valuta qimmatliklarini muomalaga kiritiş faoliyati bilan şuğullanib kelayotgan O.N. boşqa bir fuqaro X.ga 3 700 AQŞ dollarini 41 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Ğuzor tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, “Ğuzor dehqon bozori” oldida valuta qimmatliklarini muomalaga kiritiş faoliyati bilan şuğullanib kelayotgan A.Q. fuqaro N.ga 3 000 AQŞ dollarini 33,3 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, departamentning Samarqand şahar bölimi tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro P.M. “Erkin savdo” majmuasi oldida valuta qimmatliklari savdosi bilan şuğullanib kelib, fuqaro A.ga 2 950 AQŞ dollarini 33,9 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












