Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, bugun, 24 iyun kuni soat 15:18 da M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboşi xalqaro avtomobil yölining Iştixon tumani hududidan ötuvçi 52-kilometrida harakatlanib ketayotgan «Gaz-52» rusumli yuk maşinasida yonğin sodir bölayotgani töğrisida tuman FVBga xabar kelib tuşgan.
Şundan söng voqea joyiga 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Öt öçiruvçilar hodisa joyiga soat 15:26 da yetib borgan va soat 15:32 da yonğin töliq bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida yuk maşinasining kabina qismi qisman yonib, zararlangan. Unga ortilgan taxminan 3 tonna buğdoy saqlab qolingan.
Qayd etilişiça, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekşiriş işlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Urgut tumanida me’yordan ortiq somon toylari ortib harakatlangan yuk maşinasi yonib ketgandi.












