Gretsiya rossiyaliklardan vizaga ariza qabul qilishni to‘xtatdi
Gretsiya viza markazi texnik sabablarni keltirmoqda. Avvalroq Rossiya TIV Gretsiya rossiyaliklar uchun dam olishga xavfsiz joy emasligini ma’lum qilgandi.
Gretsiya viza markazi Rossiya fuqarolaridan viza olish uchun hujjatlarni qabul qilishni to‘xtatdi, Gretsiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Novorossiyskdagi konsulliklari 27 iyun, dushanbadan boshlab arizalarni ko‘rib chiqmaydi. Bu haqda viza markazi rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda aytilgan. Markaz texnik sabablarni keltirgan, biroq viza berishni qayta tiklash muddati ko‘rsatilmagan.
«Hurmatli arizachi, texnik sabablarga ko‘ra Gretsiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Novorossiyskdagi bosh konsulligi noma’lum muddatga viza uchun arizalarni ko‘rib chiqishni to‘xtatadi. 27 iyundan boshlab viza markazlarida qabulga yozilgan fuqarolar uchrashuvni keyingi vaqtga ko‘chirishlari mumkin, buni ru-gr.gvcworld.eu saytida elektron tizimga joylar qo‘shilganidan keyin amalga oshirish imkoni bor. Barcha viza markazlari 24 iyungacha maslahat olish, qayta ishlash va pasportlarni berish uchun ochiq bo‘ladi», — deyiladi hujjatda.
Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi turoperator kompaniyalardan biriga tayanib, Gretsiya viza markazi tizimini yangilayotgani haqida xabar berdi. Assotsiatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, viza markazi 24 iyun kuni rossiyaliklardan vizaga hujjatlarni qabul qilish to‘xtatilishi haqida ogohlantirgan. O‘sha paytda markazning o‘zida hech qanday xabar e’lon qilinmagan.
Avvalroq, Rossiya TIVning To‘rtinchi Yevropa departamenti direktori Yuriy Pilipson Gretsiya endi Rossiya fuqarolari uchun dam olish uchun xavfsiz emasligini, chunki vazirlik, uning so‘zlariga ko‘ra, «rossiyaliklarni kamsitish, rus tilida so‘zlashuvchi fuqarolarga to‘g‘ridan to‘g‘ri tajovuz holatlari to‘g‘risida xabarlar olishda davom etayotgani»ni ma’lum qilgandi.
Bir necha kun oldin, Chexiya hukumati Rossiya va Belarus fuqarolariga vizalar va yashash uchun ruxsatnomalar berishni taqiqlash haqidagi qarorni 2023 yil mart oyi oxirigacha uzaytirdi. Praga buni Rossiya va Belarusni tajovuzni to‘xtatishga majburlash istagi bilan izohladi.
Chexiya hukumati birinchi marta Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan ko‘p o‘tmay shunday taqiqni joriy qildi. Xuddi shunday qarorlar Latviya, Litva va Estoniya tomonidan ham qabul qilindi.
Avvalroq, urush boshlanganidan keyin Rossiyadan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar soni 62 foizga kamaygani, endi faqat 19 davlatga bevosita borish mumkinligi xabar qilingandi. AQSh, Kanada va Yevropaning Serbiyadan tashqari barcha davlatlari Rossiya samolyotlarining o‘z havo hududiga kirishini taqiqladi.
G‘arbning ko‘plab aviatashuvchilari Rossiyaga parvozlarni to‘xtatdi. Rossiyaga endi Turkiya, Serbiya yoki Fors ko‘rfazi mamlakatlari orqali qo‘nish bilan uchish kerak.
Mavzuga oid
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
22:25 / 04.10.2024