21 iyun kuni pedagogik ta’limga oid prezidentning ikkita (1, 2) qarori imzolandi. Quyida mazkur hujjatlardagi yangiliklar sanab ötiladi.

8ta yangi pedinstitut

Andijon, Namangan, Guliston, Samarqand, Buxoro, Qarşi, Termiz, Urganç davlat universitetlarining pedagogikaga ixtisoslaşgan tuzilmalari alohida ajratilib, mustaqil pedinstitutlarga aylantirilyapti.

Çirçiq va Jizzaxdagi pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi.

Yuqoridagi özgarişlar natijasida quyidagi OTMlar yuzaga keldi:

  • Urganç davlat pedagogika instituti;
  • Namangan davlat pedagogika instituti;
  • Guliston davlat pedagogika instituti;
  • Özbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;
  • Andijon davlat pedagogika instituti;
  • Buxoro davlat pedagogika instituti;
  • Termiz davlat pedagogika instituti;
  • Şahrisabz davlat pedagogika instituti;
  • Çirçiq davlat pedagogika universiteti;
  • Jizzax davlat pedagogika universiteti.

Haftada 2 kun – amaliyot

Pedagog kadrlar tayyorlovçi OTMlarning kunduzgi ta’lim şaklida öqiyotgan 2–4-bosqiç talabalari uçun haftalik öquv maşğulotlari “4+2” tartibida olib boriladi. Ya’ni hafta davomida 4 kun OTMda dars ötiladi, 2 kun boğça va maktablarda amaliyot böladi.

Har yili pedagog kadrlar tayyorlovçi OTMlar ixtisoslik kafedralarining kamida 5 foiz professor-öqituvçilari xorijga tanlov asosida malaka oşiriş va stajirovkaga yuboriladi.

Maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus va professional ta’limda foydalaniladigan darsliklar hamda metodik qöllanmalarni pedagog kadrlar tayyorlovçi OTMga ularning talabnomasiga muvofiq pulli asosda taqdim etiş tartibi joriy qilinadi.

14ta pedagogik yönalişda sirtqi ta’lim yopiladi

2023/2024 öquv yili qabulidan pedagogik kadrlar tayyorlovçi OTMlarning quyidagi ta’lim yönalişlari böyiça sirtqi ta’lim şakliga qabul bölmaydi: