Prezident Şavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpingning taklifiga binoan 24 iyun kuni BRICS+ formatidagi Global taraqqiyot masalalari böyiça yuqori darajadagi muloqotda iştirok etdi.
Prezident matbuot xizmatiga köra, Xitoy tomoni raisligida ötgan onlayn forumda dunyoning 18 mamlakatidan davlat va hukumat rahbarlari qatnaşdi.
Özbekiston va Xitoy yetakçilari bilan bir qatorda Argentina prezidenti Alberto Fernandes, Indoneziya prezidenti Joko Vidodo, Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Hindiston boş vaziri Narendra Modi, Braziliya vitse-prezidenti Gamilton Mourau, şuningdek, Kambodja, Malayziya, Tailand, Fiji va Efiopiya hukumatlari rahbarlari iştirok etdi.
Tadbirning asosiy mavzusi – global şeriklikni rivojlantiriş va Barqaror rivojlaniş sohasidagi kun tartibini birgalikda ilgari suriş masalalari böldi.
Xavfsizlik va barqarorlik borasidagi köp tomonlama hamkorlik, savdo va investitsiyalar, “yaşil” iqtisodiyot, yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, raqamlaştiriş, transport va logistika, ekologiya, gumanitar sohalarda amaliy şeriklikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Özbekiston prezidenti öz nutqida BRICS+ formatidagi muloqotning Barqaror rivojlaniş kun tartibini ilgari surişda inklyuziv şeriklik uçun zarur platforma sifatida alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Bugungi dunyo qator tahlikali jarayonlar bilan keçayotgan çuqur transformatsiya davrida yaşayotgani – xalqaro keskinlik tobora kuçayib borayotgani va tizimli iqtisodiy inqiroz belgilari namoyon bölayotgani qayd etildi.
Iştirokçilarning e’tibori “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida islohotlarni amalga oşirişni izçil davom ettirayotgan Yangi Özbekiston bunday şaroitda keng kölamli hamkorlik, şu jumladan “Janub-Janub” formatidagi şeriklik uçun oçiq ekaniga qaratildi.
Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatlarni yengib ötiş maqsadida savdodagi tösiqlarni bartaraf etiş, yangi işlab çiqariş va savdo-logistika zanjirlarini yaratiş, sanoat kooperatsiyasi böyiça loyihalarga investitsiyalar jalb etiş va infratuzilmani modernizatsiya qiliş, texnologiyalar transferi va innovatsiyalarni joriy etiş, sun’iy intellekt, raqamlaştiriş, biotexnologiyalar, vaksinalar işlab çiqiş sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni qabul qiliş muhimligi ta’kidlandi.












