Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati joriy yilning 5 oyi davomida sodir bölgan yöl-transport hodisalari yuzasidan statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga köra, 2022 yilning dastlabki 5 oyida viloyat hududida 119 ta YTH sodir bölgan va ularda 51 kişi halok bölgan, 82 kişi turli darajada tan jarohatlari olgan.
Sodir bölgan YTHlar tahlil qilinganda 41 ta holatda transport vositalari özaro töqnaşgan, 55 ta holatda piyodalar, 10 ta holatda velosiped boşqarib ketayotgan şaxslar urib yuborilgan, 8 ta holatda maşinalar ağdarilib ketgan, 4 ta holatda transport vositalari tösiqqa urilgani ma’lum bölgan.
71 ta holatda haydovçilar tezlik qoidalariga amal qilmagani tufayli, 38 ta holatda piyodalar belgilanmagan joydan yölni kesib ötayotganda YTH sodir bölgan.
Eng köp Şörçi va Denov tumanlarida 13 ta, Jarqörğon tumani va Termiz şahrida 12 ta YTH sodir etilgani ma’lum bölgan. Eng kam YTH Qiziriq tumanida 1 ta, Bandixon tumanida 3ta sodir etilgan. Muzabot tumanida YTH sodir bölmagan.
Avvalroq, Surxondaryoda özaro töqnaşgan Isuzu va Kamaz yuk maşinalari yonib ketgan, tan jarohati olgan haydovçilar şifoxonaga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.












