Amnesty International inson huquqlari taşkiloti Litva rasmiylarini Yaqin Şarqdan kelgan qoçqinlarning huquqlarini buzayotganlikda aybladi, ular mamlakatda qamoqqa olinmoqda va şafqatsiz munosabatga duç kelmoqda, deya xabar berdi Dpa taşkilotning 27 iyun, duşanba kungi hisobotiga tayanib.
«Ukrainadan kelgan qoçqinlar Litvada quçoq oçib kutib olinsa-da, Iroq yoki Suriya kabi davlatlardan himoya söraganlar noqonuniy ravişda qamoqqa taşlanadi, yomon munosabatga duç keladi va deportatsiya qilinadi», — deyiladi huquq faollari bayonotida. Taşkilot Litvadagi ikkita hibsxonaga borgan muhojirlar bilan suhbatdan söng şunday xulosaga keldi.
Huquq faollari hisobotiga köra, odamlar hokimiyat vakillari tomonidan kamsitilgani va qamoqxonalardagi ğayriinsoniy şaroitlardan şikoyat qilgan. «Litva hukumati minglab odamlarni özboşimçalik bilan oylar davomida vayronaga aylangan harbiy markazlarda hibsda uşlab turibdi, ular qiynoqlar va boşqa şafqatsiz munosabatga duçor bölmoqda», — deyiladi Amnesty hisobotida. «Ular boşpana berişning adolatli tartib-qoidalaridan mahrum qilinmoqda, bu esa «ixtiyoriy ravişda» qoçib ketgan mamlakatlariga qaytişga majbur qilmoqda», deb yozadi huquq faollari.
Şu bilan birga, Amnesty Yevropa ittifoqini Litva rasmiylari harakatlariga nisbatan passiv munosabatda bölayotganlikda aybladi, deya xabar berdi Dpa.
Litva rasmiylari qöşni Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoni ötgan yoz oxirida çegarada ataylab migratsiya inqirozini yuzaga keltirganlikda ayblamoqda. Yevropalik siyosatçilarning fikriça, Belarus hukumati Yevropa ittifoqiga bosim ötkaziş maqsadida Yaqin Şarq davlatlaridan qoçqinlar «tranziti»ni taşkil qilgan.
Germaniya IIV ma’lumotlariga köra, bu mamlakatlarda qoçqinlarga Yevropa ittifoqi davlatlari bilan çegarani kesib ötiş uçun Belarusga yöl oçib beruvçi maxsus «sayohat agentliklari» paydo bölgan. Yevropa ittifoqida Lukaşenkoning bunday harakatlari «gibrid hujum» deb ataldi. Natijada, minglab muhojirlar Belarusning Polşa va Litva bilan çegarasida töplanib, Yevropa ittifoqiga noqonuniy kirişga harakat qilişdi. Litvada çegaradagi vaziyat tufayli favqulodda holat joriy etildi.
2021 yil sentabr oyida Litva Belarus bilan çegarada 508 km uzunlikdagi panjara qurilişini boşladi. Rasmiylar 2022 yilda balandligi taxminan tört metrga yaqin devor örnatilişini rejalaştirgan, uning usti tikanli simlar bilan mustahkamlanadi.












