Aniqlanişiça, joriy yil 25 iyun kuni Farğona viloyati Danğara tumanida yaşovçi, özaro taniş bölgan fuqarolar A.D. va N.T. (ayol) örtasida raşk tufayli kelişmovçilik yuzaga kelgan.

Oqibatda, “Navbahor” MFY hududida A.D. N.T.ni qöl va oyoqlari bilan urib, tepib voqea joyidan ketib yuborgan. 
 
Hozirda mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, Danğara tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilişiça, tekşiruv yakuniga köra qöşimça ma’lumot beriladi. 

Bundan oldin töyda kelinçakni urgan kuyov kelinning iltimosi sabab javobgarlikdan qutulib qolgani xabar qilingandi.