Joriy yilning 26 avgust kuni soat 20:45 da Farğona viloyati Danğara tumani IIB profilaktika katta inspektori N.M. öz vakolati doirasida muqaddam JKning 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) 1-qismi bilan sudlanib, soat 18:00 dan soat 06:00 ga qadar yaşaş joyini tark etmaslik taqiqi bilan ozodlikni çeklaş jazosini ötayotgan tumanning Şodlik mahallasida yaşovçi fuqaro X.E.ni yaşaş xonadoniga borib, tekşirgan.
Biroq, fuqaro X.E. xonadonida yöqligi, jazoni ötaş tartibini buzganligi aniqlangan.
Şu vaqtda fuqaro X.E. mast holda yaşaş xonadoniga taşqaridan kelib, janjal kötargan va xonadonda bölgan oşxona piçoğini olib çiqib, kutilmaganda N.M.ning kökrak qafasiga sançib, unga oğir tan jarohati yetkazgan hamda voqea joyidan qoçib yaşiringan.
Profilaktika inspektori N.M. körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan şifoxonada vafot etgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.E. qölga olindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllandi.













