Raşk – yoqimli his, kimgadir kerakligingni, qadringni sezib yaşaysan. Inson turmuş örtoğining raşkiga qarab uning muhabbati qay darajada ekanini belgilaşi ham bor gap. Biroq oramizda Otelloni yölda qoldiradiganlar ham oz emas.

Raşk özi nima?

Rozaliya Gabdulhakova, psixolog:

“Raşk – juda keng tuşunça. Turli xalqlar madaniyatida raşk turliça talqin qilinadi. Bizdagi raşk tuşunçasi bilan Yevropadagi raşk tuşunçasi tubdan farq qiladi. Yevropada raşk öz juftiga işonçsizlik, gumonbozlik deb baholanadi. Bizda esa juftliklar örtasida bu tuşunça özaro bir-birlarini asraşga yordam beradigan tuşunça hisoblanadi.

Masalan, ayolini raşk qilgan erkak uni kartoşka uçun bozorga yubormasligi, erkaklar köp böladigan örinlarda uni asraşi, öşa işlarni özi bajarişi raşkning ijobiy jihatlaridir. Yoki ayol öz turmuş örtoğini ozgina raşk qilişi tufayli erkak özini kerakli va muhimroq his qiladi”.

Vasvasaga aylangan raşk

Ayollarni köpinça his-tuyğular boşqaradi. Ularga berilib ketiş oqibatida ba'zan raşk vasvasaga aylanişi mumkin.

Anonim erkak suhbatdoş:

“Ayolim bilan köngil qöyib turmuş qurganmiz, ikki nafar farzandimiz bor. Ikkalamiz ham davlat idoralarida xizmat qilamiz. Bir qaraganda hammasi yaxşi va bizdan baxtiyor oila yöqday... Ammo xotinimning bölar-bölmas narsalarga ham raşk qilaverişi sabab oxirgi paytda hatto ajraşiş haqida ham öylay boşladim.

Buni bitta voqea misolida tuşuntirib bera qolay... Xotinim kasal bölib qoldi va uni özim bilgan taniş klinikadagi taniş şifokorga olib bordim. Borganimizda bizdan avval ikki kişi turgan ekan, ulardan keyin navbatda turdik. Şu vaqt yoşgina bir ayol keldi-da, negadir men tarafga qarab salom berdi va navbatda oxiri kimligini söradi. Şu payt boşlandi-yu... Nega faqat menga salom bergani, nega mendan söragani va hokazolar. Ayol nima deyişni bilmasdan uyalib nari ketişga hozirlansa ham, xotinim qöyay demasdi. Birpasda u ayol mening jazmanim ekani va men ularni bitta şifokorga olib kelganim “ayon böldi”. Bu xotinim tomonidan qanday töqib çiqarilgan bölsa, şunday işonç bilan aytildi.