Qayd etilishicha, mamlakatda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalq axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan demokratik islohotlarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatib kelayotgani, global axborot maydonida milliy manfaatlarni himoya qilish, yurtdagi yaratuvchilik va yangilanish jarayonlari, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, soha uchun malakali professional kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh fuqarolar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.

Ular:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan

  • Maksudov Muxammadjon - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori
  • Matyakubova Nazira Toxtabayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qoraqalpog‘iston tongi» gazetasi bosh muharriri
  • Toshev Farmon Isxakovich - Samarqand viloyati «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

  • Xudaykulov Muxtar - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori
  • Sheraliyev Raxmatilla - Toshkent viloyati «Chirchiq tongi» gazetasi bosh muharriri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

  • Abasxanov Rixsiboy Abdilazizovich - «Yog‘du» nashriyoti bosh muharriri
  • Amirova Shaxnoz Xatamovna (Shahnoza G‘aniyeva) - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali» davlat muassasasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali loyiha boshlovchisi
  • Eshonkulov Nazar Saliyevich - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbektelefilm» davlat muassasasi direktori o‘rinbosari – bosh muharriri