Jizzax viloyati FVB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 25 iyun kuni soat 5:55 larda Jizzax viloyati FVB tezkor boşqaruv markaziga Ğallaorol tumani “Ğafur Ğulom” MFYda joylaşgan xonadonlarning birida yonğin sodir bölgani töğrisida ma’lumot kelib tuşgan.
Darhol yonğin joyiga Ğallaorol tumani FVBning 2 ta yonğin-qutqaruv bölinmalari aytilgan manzilga soat 6:02 da yetib borgan. Soat 6:05 da yonğin örab olingan va soat 6:22 da öçirilgan. Körilgan tezkor harakatlar natijasida xonadonning 130 kv.m. maydoni yonğindan saqlab qolingan.
Yonğin oqibatida yaşaş xonadonining 35 metr kvadrat maydonda şift qismi yonib zararlangan. Hodisada heç kim jabrlanmagan. Dastlabki suriştiruvga köra, yonğinga elektr simlaridagi qisqa tutaşuv sabab bölgan.
2022 yil 25 iyun kuni soat 9:10 larda viloyat FVBga Şarof Raşidov tumani “Xayrobod” MFYda joylaşgan xonadonlarning birida yonğin sodir bölgani töğrisida ma’lumot kelib tuşgan.
Hodisa joyiga 2 ta yonğin-qutqaruv bölinmasi soat 9:22 da yetib borgan. Soat 9:49 da yonğin öçirilgan.
Yonğin oqibatida yaşaş xonadonining 20 metr kvadrat maydonda şift qismi yonib zararlangan. Hodisada heç kim jabrlanmagan. Aniqlanişiça, yonğinga qarovsiz qoldirilgan ventilyator sabab bölgan.
Şuningdek, 27 iyun kuni soat 14:45 larda viloyat FVBga Döstlik tumani Döstlik köçasida joylaşgan dehqon bozori hududida yonğin sodir bölgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Yonğin-qutqaruv bölinmalari hodisa joyiga soat 14:48 da yetib borgan. Soat 15:23 da yonğin batamom öçirilgan. Hodisa oqibatida bozor hududida joylaşgan ikkita dökonning metr kvadrat qismi yonib zararlangan. Hodisada heç kim jabrlanmagan.
Avvalroq, Samarqand viloyatida bir hafta içida törtta yonğin sodir bölgan va ularda savdo dökonlari yonib zararlangandi.












