Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 11 iyun kuni soat 10:20 larda Samarqand Samarqand tumani “Yangi ariq” MFYda joylaşgan 1993 yilda tuğilgan fuqaro R.Ş.ga tegişli bölgan savdo dökonida yonğin sodir bölayotgani töğrisida tuman FVBga xabar kelib tuşgan.
Yonğin öçiriş bölinmalari hodisa joyiga soat 10:38 da yetib borib, yonğin soat 10:50 da qurşab olgan va soat 11:01 da bartaraf etilgan. Yonğinni öçirişga 7 ta yonğin-qutqaruv ekipaji hamda maxsus yuk maşinasi jalb etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra yonğin oqibatida dökonning taxminan 170 metr kvadrat maydonda şift, tom va jihozlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan.
Qayd etilişiça, hozirda yonğinning kelib çiqiş sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, sönggi 1 haftada Samarqand viloyatida savdo dökonlarining yonib ketişi böyiça törtta holat qayd etildi.
5 iyun kuni Narpay tumani Sarbozor mahallasida joylaşgan bozorda yonğin sodir bölib, 20 dan oşiq savdo dökonlari butunlay yonib ketgandi.
7 iyun kuni Samarqand şahri Mirzo Uluğbek köçasida joylaşgan bir neça savdo va xizmat körsatiş dökonlarida yonğin sodir bölib, ularning tom va şif qismi yonib ketdi.
9 iyun kuni Oqdaryo tumanidagi bozorda yonğin sodir bölib, bir neçta xöjalik mollari va oziq-ovqat sotişga ixtisoslangan savdo dökonlari yonib ketdi.












