Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva kuchli kiberhujumga uchradi
Vilnyusning fikricha, Litva davlat muassasalari va kompaniyalariga kuchli DDoS hujumi ortida rossiyalik hakerlar turibdi. Killnet guruhi, agar Kaliningradga tranzit «blokdan chiqarilmasa» 500 dan ortiq kompaniyaga hujum bilan tahdid qilgan.
Litva «ehtimol» Rossiyadan kelgan «kuchli» kiberhujumga uchradi. Bu haqda 27 iyun, dushanba kuni Milliy kiberxavfsizlik markazi direktori vazifasini bajaruvchi Yonas Skardinskas ma’lum qildi. Litva Mudofaa vazirligi hujum Litva davlat muassasalari va xususiy kompaniyalariga qaratilganligini ta’kidlab, eng jiddiy DDoS hujumlariga qarshi kurash olib borilganini va xavfsiz Milliy ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i xizmatlari tiklanganini ta’kidladi.
Skardinskasning so‘zlariga ko‘ra, «yaqin kunlarda, ayniqsa, transport, energetika va moliya sohalarida bunday hujumlar davom etishi ehtimoldan xoli emas». Uning ta’kidlashicha, kiberhujum Rossiyadan kelayotgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq AQSh, Polsha va Germaniyadagi davlat saytlariga kiberhujumlar ortida turgan kremlparast Killnet hakerlar guruhi Telegram’da Litva hukumatidan 48 soat ichida «Kaliningradga tranzitni blokdan chiqarishni» talab qilgan videoni e’lon qilgandi, aks holda, hakerlar «mamlakatdagi 500 dan ortiq kompaniya og‘ir sharoitda qoladi», deb tahdid solgan.
Moskva avvalroq Vilnyus tomonidan Rossiyadan Kaliningrad oblastiga bir qator yuklarning temiryo‘l tranzitiga kiritilgan cheklovlarga qarshi norozilik bildirgan edi.
Mavzuga oid
20:05 / 10.06.2026
Ko‘rinmas front: Isroil va Eronning kiber urushi
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
12:23 / 24.03.2026