NATO NRF tezkor harakatlaniş kuçlari sonini 40 mingdan 300 ming askargaça oşiradi. NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg 27 iyun, duşanba kuni Madrid sammiti arafasida taşkilot kuçlari qayta taşkil etilişi haqida ma’lum qildi. «Biz NATOning tezkor harakat kuçlarini özgartiramiz va uning kuçini 300 mingdan ortiq kişiga yetkazamiz», — dedi u.
Rossiyaning Ukrainadagi uruşi fonida NRF bir neça oydan beri jangovar tayyor holatda turibdi. Rejalaştirilgan qayta tuziliş NATOning yuqori şaylikda köproq kuçlarga ega böliş böyiça yangi modelining bir qismidir. Bundan taşqari, kontingent muayyan hududlarga boğlangan böladi. Bu, masalan, Germaniya harbiy xizmatçilariga Moskvadan hujum sodir bölgan taqdirda Litva qöşinlarini qöllab-quvvatlaş uçun doimiy joylaşiş imkonini beradi, deya aniqlik kiritdi Dpa agentligi. Stoltenbergning sözlariga köra, şarqiy qanotni himoya qiliş 30 ta a’zo davlatga ega alyansning asosiy ustuvor yönalişi hisoblanadi.
Yyens Stoltenberg Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar qayta körib çiqilişini tasdiqladi. Alyans boş kotibining sözlariga köra, sammitda ittifoqçilar «Rossiya xavfsizlik, qadriyatlar va qoidalarga asoslangan xalqaro tartib uçun töğridan töğri tahdid ekani»ni oçiq ma’lum qiladi. Ilgari alyans Moskvani «strategik hamkor» sifatida qabul qilgan, deb eslatdi boş kotib. «Bu biz Madridda kelişib oladigan strategik konsepsiyada bölmaydi», dedi Stoltenberg.
Avvalroq, 25 fevral kuni NATO Şarqiy Yevropa uçun mudofaa rejalarini faollaştirdi va şarqiy qanotini mustahkamladi. Şu bilan birga, alyans davlatlari yetakçilari bu çoralarning barçasi «ogohlantiruvçi, mutanosib va keskinlaşuvga olib kelmaydigan» bölişini ta’kidladi.
Ispaniyaning El País gazetasi manbalari 26 iyun kuni xabar berişiça, yevroatlantika mintaqasida yuzaga kelişi mumkin bölgan xavfsizlik tahdidlariga javob beriş uçun qurol va qöşinlarni yollaş böyiça «mudofaa va tiyib turiş» («Defense and deterrence posture») doktrinasiga tuzatişlar kiritilişi kutilmoqda.
Naşr suhbatdoşlari, xususan, «ayrim davlatlar alyans şarqidagi hozirgi holatdan jangovar guruhlar formatida brigadalar tuzişga ötişni istaşini» ta’kidladi.













